ABDULJABBOR IBN ABDURRAHMON

ABDULJABBOR IBN ABDURRAHMON al-Azdiy (? — 759, Bag’dod) — Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (757-759). Xalifa al-Mansur (754-775) Abduljabbor ibn Abdurahmonning o’ziga sodiqligidan shubhalanib, o’g’li Muhammad al-Maxdiyni uni hibsga olmoqqa jo’natadi. Shunda Abduljabbor ibn Abdurahmondan norozi Marvarrud shahri aholisi bosh ko’taradida, uni tutib xalifaga topshiradi. Xalifa uni qattiq azoblab qatl etadi (759).