AEROFITLAR

AEROFITLAR (Aero… va Yunoncha phyton -o’simlik) — yomg’ir va shudringda erigan mineral oziq moddalar hisobiga yashaydigan o’simliklar. Daraxtlar tanasi va shoxlarida, tuproq va toshlar ustida o’sadi. Aerofiltrlarga ayrim lishayniklar va suv o’tlari misol bo’la oladi.