AEROFOTORAZVEDKA

AEROFOTORAZVEDKA – samolyot yoki boshqa uchish apparatlariga o’rnatilgan aerofotoapparatlar yordamida yerdagi ob’ektlarni suratga olish. Aerofotorazvedkani uchuvchisiz yoki maxsus razvedkachi samolyotlar bajaradi. Razvedkachi samolyotda bir necha fotoapparat bo’lib, ular yerdan berilgan dastur-topshiriqqa binoan avtomatik ravishda suratga oladi yoki uchuvchi tegishli ob’yektlarni tanlab suratga oladi. Harbiy ishda dushman qarorgohlari va ob’yektlarini, strategik inshootlarini suratga olitshda Aerofotorazvedkadan foydalaniladi.