AMORIYLAR

AMORIYLAR, amurru — qadimgi Arabistondan chiqqan Somiy qabilalar. Miloddan avvalgi 24-16-asrlarda Suriya dashtlarida yashagan. Amoriylar miloddan avvalgi 2024 yil elamiylar bilan birgalikda o’rning III sulolasi davlatini tor-mor keltirib, miloddan avvalgi 1894 yil Bobilni bosib olib tarixda muhim o’rin tutgan podsholikka asos solgan. Keyinchalik ikki daryo oralig’i, Suriya, Falastinning mahalliy aholisi bilan aralashib ketgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikdan Amoriylar yerlari Suriya deb atala boshlagan.