Anorning 9 ta foydali xususiyati

Ekspertlar anorning organizm salomatligiga ko`rsatadigan 9 ta ijobiy ta`sirini aniqladi. Shunday qilib, anor:-  gemoglobinni oshiradi; –  uni diabetga chalingan kishilar ham tanovul qilishi mumkin; – biriktiradigan xususiyatga ega bo`lgani uchun diareyani davolaydi; –  organizmni radiasiyadan samarali tozalaydi, shu bois anor ifloslangan zonalarda yashovchi kishilarga tavsiya etiladi; – arterial qon bosimini tushiradi, buning uchun uni danagi bilan iste`mol qilish zarur; – organizmdagi har qanday yallig`lanish jarayoniga qarshi kurashadi, shu jumladan ko`zlar, jigar, bo`g`imlar va buyrakdagi yallig`lanishlarga qarshi; – terini husnbuzarlar, kuygan joylar va yorilishlardan davolaydi; –  infeksiya va og`riqqa qarshi kurashadi; –  organizmdagi gormonal muvozanatni tiklaydi.
Biroq! Anor sharbatiga suv qo`shgan holda ichish tavsiya etiladi, aks holda u tishlar emalini shikastlashi mumkin. Shuningdek, anorni kislotalilik darajasi yuqori bo`lgan gastritda va oshqozon-ichak traktining boshqa kasalliklarida iste`mol qilish mumkin emas.