BAKANAS

BAKANAS — Qozog’iston Respublikasining Sharqiy Qozog’iston viloyatidagi daryo. Uzunligi 240 kilometr, havza maydoni qariyb 25,1 ming kilometr kvadrat. Chingiztov tizmasining g’arbiy yon bag’ridan boshlanib, Balxash Olako’l botig’idagi qumliklarga singib ketadi. Asosan qordan to’yinadi. Ayrim yillari qurib qoladi. Suvi sug’orishga sarflanadi.