«BALIQCHI» BIRLASHMASI

«BALIQCHI» BIRLASHMASI – tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi. Toshkent viloyati quyi Chirchiq tumanida joylashgan. 1961 yilda tashkil etilgan. Baliq boqiladigan hovuzlari maydoni 2611 gektar (1999). 400 million dona baliq lichinkalari yetishtirish imkoniyatiga ega bo’lgan urchitish xonasi bor. Birlashmada yiliga 25 — 30 million dona bir yillik baliq chavoqlari, 8 ming tonnagacha tovar baliq va 500 tonnagacha dudlangan baliq ishlab chiqariladi.