BALIQCHI

BALIQCHI — qishloq. Andijon viloyati Baliqchi tumana markazi. Tumanning shimoliy-g’arbiy qismida. Qoradaryo sohilida. Aholisi 18,5 ming kishi (2000). Paxtachilik, g’allachilik, chorvachilik bilan shug’ullanadi. Katta Farg’ona kanalidan suv ichadi. Umumiy ta’lim maktablari, tibbiyot punkti bor.