DANIYA BO’G’OZLARI

DANIYA BO’G’OZLARI (Boltiq dengizi bo’g’ozlari) — Skandinaviya va Yutlandiya yarim orollari orasidagi bo’g’ozlar. Kichik Belt, Katta Belt, Eresunn (Zund), Kattegat va Skagerrak bo’gozlarini o’z ichiga oladi. Bu bo’g’ozlar eng tor joyining eni tegishlicha: 0,5 kilometr; 3,7 kilometr; 10,5 kilometr; 60 kilometr va 110 kilometr. Daniya bo’g’ozlari Boltiq dengizini shimol dengiz bilan bog’laydi.