DAVLAT XARIDI

DAVLAT XARIDI — byudjet mablag’lari hisobiga hukumat yoki davlat idoralari tomonidan sotib olinadigan, mamlakatda yoki chet ellarda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar. Bunday xarid davlat tomonidan davlatning o’z ehtiyojlari (masalan, uskuna-jihozlar, qurol-yarog’ sotib olish), aholi iste’molini ta’minlash va davlat zaxiralarini (don, oziq-ovqat va boshqalar xaridi) yaratish maqsadlarida amalga oshiriladi. Mamlakatning o’zida ishlab chiqarilayotgan sanoat tovarlari va yetishtirilayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid qilishda davlat ma’lum narxlar belgilaydi.