Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kiyimlarning asosiy turlari

Inson tanasining shakli va yashash tarzi dastlabki kiyilarning ko’rinishini belgilagan.

Dastlabki davrlar, ya’ni ibtidoiy tuzumda hayvon terisi yoki o‘simlik navdalarini to‘qish asosida muayyan bir shaklga keltirilishi oqibatida tayyorlangan mato inson tanasinining ma’lum bir qismlarini berkitishga xizmat qilgan. Bunda to‘g‘ri to’rtburchak mato yelkaga yoxud bo‘ksaga tashlanib, tana atrofiga diogonal yoki aylana bo‘yicha gorizontal holatda bog‘langan. Bog‘lanish joyiga ko‘ra ular bir-biridan farqlangan. Shu usulda ikki xil: yelka va belga bog’lanadigan kiyim turlari paydo bo‘lgan. Ularning eng qadimiy shakli burmalanadigan kiyimdir. U tanani o‘rab, unga turli bog‘ichlar, belbog’i va kamarlar yordamida mahkamlangan. Vaqt o‘tib, kiyimning yangi – yelkaga tashlanadigan shakli paydo bo‘lgan. U tuzilishiga ko‘ra bir necha turda bo‘lgan. Xususan, oldi ochiq turida yelka va ikki yoni tikilgan bo‘lsa, ikkinchi turi oldi yopiq bo‘lib, faqat yelka va yoni tikilib, bosh qismi
va qo’l kirishi uchun yiriq bor.