AHMAD BOG’ISHAMOLIY

AHMAD BOG’ISHAMOLIY, pir Ahmad Bog’ishamoliy (15-asr) — Amir Temur saroyida xizmat qilgan rassom. Samarqanddagi bog’i shamol va boshqa saroylarni mohirona bezagan. Ahmad Bog’ishamoliy Abdulhayning zamondoshi bo’lib, uning ijodiy uslubini davom ettirgan. Rassomning miniatyura asarlari bizgacha yetib kelmagan. Mutaxassislarning fikricha, Jomiyning “Silsilat uz-zahab” (“Oltin zanjir”) asari oxirida berilgan ikki betli diptixni Ahmad Bog’ishamoliy bajargan (Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi kutubxonada saqlanmoqda).