AHMAD

AHMAD (? – 1481) – katta O’rda xoni (1465 — 81). 1465 yil akasi Mahmudxon (1459 — 65) ga qarshi isyon ko’tarib taxtni egallagan. Ahmad 1472 yil Polsha qiroli Kazimir IV bilan Ivan III Vasilyeviga qarshi ittifoq tuzgan. 1476 yil Ahmad Ivan Іііdan katta O’rdaga qaram bo’lishni talab qilgan. Biroq kuchlar nisbati O’rda foydasiga emasdi. 1480 yil Ahmad Moskva ustiga muvaffaqiyatsiz yurish qilgach, rus mo’g’ullar istibdodidan uzil-kesil xalos bo’lgan. Ahmad 1481 yil 6 yanvarda Dones daryosining quyilish yerida no’g’aylar bilan ittifoqlikda harakat qilgan tuman xoni Iboq tomonidan o’ldirilgan.