An’analar

Usmon Qoraboyev. O’zbek xalqi bayramlari

Muqaddima

Eng qadimgi davrlardan bayramlar inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Zero ularsiz insoniyat hayotini mutlaqo tasavvur qilib bo’lmaydi. Bayramlar xalq hayotining eng yaxshi va go’zal tomonlarini aks ettiruvchi ko’zgudir.

“Bayram – xalqning shodlik va xursandchilik kunidir”- degan edi Sharqning buyuk olimi Mahmud Koshg’ariy. Darhaqiqat, bayramlar tufayli shodiyonalar, tantanali voqealar, muhim sanalar, ulkan yutuqlar nishonlanadi. Bayram bosib o’tilgan yo’lni chuqur anglash, qo’lga kiritilgan g’alabalardan ruhlanish, ertangi kunga ishonch bilan qarashga yordam beradi.

Bayramlarni nishonlamaydigan shaxs, oila yoki jamoani topish qiyin. Har bir millat va davlatning ham o’z bayramlari bo’ladi. Keyingi davrlarda xalqaro darajada nishonlanadigan umuminsoniy bayramlar tobora ko’paymoqda.

O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbeklarning ham eng qadimiy davrlardan shakllana boshlagan, avloddan-avlodga o’tib, takomillashib, bebaho merosga aylangan bayramlari ko’p. Bu bayramlarning ma’lum qismi tarixning “sovuq shamollari” – bosqinchilik siyosati va turli hukmdorlar tazyiqiga uchrab, nohaq yo’qotilgan, ayrimlari esa qarama-qarshiliklarni yengib, ko’pgina fazilatlaridan ajralsa-da, butunlar yo’qolib ketmagan. Ba’zilar esa xalq hayotidan mustahkam o’rin olib, bizning zamonamizgacha yetib kelgan.

Azaldan mehmondo’st sanalgan o’zbek xalqining bayramlari boshqa ellar bilan tarixiy-madaniy aloqalar jarayonida rivoj topgan va bevosita ularning bayramlariga ta’sir etgan hamda ular ta’sirida boyigan. Mustaqillik sharofati bilan odat, marosim va bayramlar ildiz tarixi, ularning xalqimiz madaniy hayotidagi o’rni o’rganila boshlandi, qadriyatlarimiz ulug’landi. Bu borada e’lon qilingan risola va maqolalar bayramlarining ayrim muammolarini tadqiq etishni taqozo etadi. Biroq o’zbek xalqi bayramlari tarixi, an’analari va hozirgi holati atroflicha keng o’rganilgan emas. Qadimgi va hozirgi bayramlarning paydo bo’lishi, tarixiy rivojlanishi, muammolari haqida maxsus monografiya, ilmiy-ommabop kitob, darslik va o’quv qo’llanmalar yaratish tarixiy zaruriyatdir. Chunki xalq o’z Vatanida paydo bo’lgan, ajdodlari nishonlab kelgan va hozirgi paytda nishonlanayotgan bayramlarning tarixi va an’analarini bilmog’i kerak. Bu ayniqsa, ziyolilar, o’qituvchi va talabalar, madaniyat xodimlari, bayram va tadbirlar tashkilotchilar uchun juda zarur. Mazkur kitob mamlakatimizda bayramlarga bo’layotgan katta e’tibor va hayotiy ehtiyoj asosida paydo bo’ldi.

An’ana, odat, marosim va bayram tushunchalari

Bayramlarning mohiyati va asosiy xususiyatlari

O’zbek xalqi bayramlarini o’rganish zaruriyati

Ibtidoiy odamlar hayoti bilan bog’liq odatlar

Qadimiy e’tiqodlar asosida paydo bo’lgan odatlar

Zardushtiylar odatlari

Zardushtiylar bayram taqvimlari

Islomiy bayramlar

Ommaviy xalq bayramlari

Temuriylar davri bayramlari

Bayramlarning umumiy holati

Mavsumiy bayramlar

Bayram tomoshalari

Milliy uyg’onish davri bayramlari

Sho’rolar tuzumi davridagi bayramlar

Mustaqillik hamda uning dastlabki davridagi bayramlar

Navro’zning yangilanishi

Sumalak sayli

Gul sayli

Suv sayli

Tut sayli

Qum sayli

Mehrjon

Qovun sayli

Uzum sayli

Anor va anjir sayli

Hosil to’yi

Birinchi qor

Yaldo kechasi va Qishki chilla

Gap-gashtak

Farzand tug’ilmasdan avval amal qilinadigan odatlar

Chaqaloq chilla

Ism qo’yish odatlari

Tug’ilgan kun

Beshik to’yi

Birinchi qadam bayrami

Sunnat to’yi

Muchal yoshi

O’zbek to’ylari

Nikoh to’ylari

Kumush to’ylari

Kumush, oltin va olmos to’ylar

Qariyalar bayramlari

Ro’za hayiti

Qurbon hayiti

Boshqa diniy bayramlar

Mustaqillik davri bayramlari

Mustaqillik bayrami

Navro’z bayrami

Konstitutsiya kuni

Yangi yil bayrami

Xotin-qizlr bayrami

O’qituvchilar va murabbiylar kuni

Xotira va qadrlash kuni

Xalqaro madaniy bayramlar

Buyuk siymolar tavalludlari

Qadimgi shaharlar va tariiy qadriyatlar yubileylari

San’at va ijod – ko’rik tanlovlari

Til va kitob bayramlari

O’quvchilar bayramlari

Talabalar tadbirlari

Xalq o’yinlari

Kurash bayrami

Yoshlar musobaqalari

Tennis bayrami

Xalqaro sport musobaqalari

Qishloq xo’jalik xodimlari bayramlari

Urug’ qadash marosimi

“Oq oltin karvoni” bayrami

Hosil bayrami

Mehnat jamoasiga qabul qilish marosimi

Mahorat ko’rigini o’tkazish tantanasi

Tadbirkorlarga bag’ishlangan tantanalar

Avlodlar uchrashuvi tantanasi

Ilg’or ishchini nafaqaga kuzatish marosimi

Tabiat bayramlari

Tabiatsevarlar ko’rigi

Gullar va qushlar bayrami O’zbekiston bayramlari va muhim sanalar taqvimi