Asalarilar asalni qanday tayyorlaydi?

Asalari asal tayyorlaydi, chunki asal uning taomidir. To’g’rirog’i, bu mahsulotni tayyorlash jarayoni asalari ko’chi uchun ovqat tayyorlash usulidir. Birinchidan, asalari gullarni qidirib topadi va ularning nektarini to’playdi. Keyin uni o’ziga xos asal qopchasida tashib keladi. Qopsimon bo’shlig’i asalari qorni oldida joylashgan. Bu a’zoni qorindan ajratib turuvchi ochilib-yopiladigan parda mavjud. Asal tayyorlashning birinchi bosqichi asalari qornidan boshlanadi. Nektar tarkibidagi qand kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Ikkinchi bosqichda nektardan suv ajralib chiqadi. Bunga arixonadagi issiqlik hamda havoning almashib turilishi orqali erishiladi. Asalarilar olib keladigan mumkatakdagi asal tarkibida tabiiy nektarning suvi ko’p bo’ladi va u hech qachon buzilmaydi! U yetilishi hamda kelgusida asalarilarga ovqat bo’lishi uchun mumkatakka solinib qo’yiladi. Aytgancha, asalarilar nektar topolmay qolgan paytlarda qo’ng’izlar ishlab chiqaradigan har turli shirin suyukliklarni yoki o’simliklar bezlaridan ajralib chiqadigan shirani yig’adilar. Asalni arixonadan turli usulda oladilar. Uni mumkatakdan bosim ostida so’rib olishadi, asalni arixonadan olingan mumkataklarda ham sotishadi. Biroq asal, asosan, mumkatakdan asal ekstraktori orqali so’rib olinadi. Markazdan qochiruvchi kuchdan foydalanilganda asal mumkatakdan ajralib chiqadi. Asal qaysi gullar nektaridan yig’ilgani va arixona qaysi joyda joylashganiga qarab keskin farqlanadi. Asalning tarkibida juda ko’p moddalar bor. Uning asosiy tarkibini qandning ikki turi, bizga tanish bo’lgan glyukoza va fruktoza tashkil etadi. Shuningdek, oz miqdorda saxaroza (shakarqamish shirasi), maltoza, dekstrina, mineral moddalar, har xil fermentlar, juda oz miqdorda vitaminlar, undan ham ozroq protein va kislota bor. Asalning rangi va shirasi har xil bo’ladi, bu unga manba bo’lgan nektarga bog’liq.