“Avliyo Elm olovi” nima?

Avliyo elm olovi nima

“Avliyo Elm olovi” tabiatning yashin bilan bog’liq qiziq hodisalaridan biridir. Buni anglash uchun chaqmoq chaqqanda nima sodir bo’lishini esga tushirish kerak bo’ladi.

Hamma gap zarralarning musbat va manfiy turlarga bo’linishidadir. Zarralarning bu turlari katta kuch bilan bir-biriga tortiladi, ular ajratib qo’yilsa, yana birlashishga intiladi.

Bulutda kuchli manfiy yoki musbat zaryad paydo bo’lganida, bu zaryad yerda o’ziga qarama-qarshi — musbat zaryad paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. Elektronlar manfiy zaryad bor joydan musbat zaryad mavjud tomonga siljiy boshlaydi. Ular asta-sekin bulut bilan yer o’rtasida zaryadlangan zarralar kanali yoki kanallarini hosil qiladi. Elektronlarning katta to’lqini paydo bo’lgach, chaqmoq chaqadi.

Zaryadlar nihoyatda katta kuchlanish paydo bo’lgunga qadar to’planishi va elektrsizlanishi ham mumkin. Shu bilan birgalikda ularga yerdan yuqoridagilari yoniga etib borishi uchun yordamlashish usuli ham bor. Unda zaryad “cho’tkali razryad” ko’rinishida sizib o’tadi. Yashin qaytargich xuddi shu tariqa amal qiladi. Uning yuqori qismi elektronlarning sizib o’tishiga yordam beradi.

“Avliyo Elm olovi” — yorug’lik atmosferadagi elektrning bunday “cho’tkali razryadi” bilan birga yuradi. U cherkov qo’ng’iroqxonasi, kemalarning machtasi kabi ob’yektlarning o’tkir uchida olov ko’rinishida paydo bo’ladi, kemalar machtasida ko’proq shtorm payti kuzatiladi. U paydo bo’lgan paytda, odatda, quloqqa qisirlash yoki vishillash kabi tovushlar chalinadi. Bu olov tez-tez kuzatiladigan yana bir joy propeller parraklaridir, shuningdek, u qanotlar uchida, shamol oynalarida, quruq qorli havoda yoki momaqaldiroq turayotgan joy yaqinida uchib ketayotgan samolyotlarning burnida paydo bo’ladi. Ushbu elektr zaryadi shu qadar kuchli bo’ladiki, ba’zan samolyotlarning radiosida elektrostatik hodisalarni ham keltirib chiqaradi.