Baliqlar qanday uchadi?

Baliqlar qushlar kabi uchsa, ular o’z suzgichlarini qanot kabi qoqishlari kerak. Biroq bironta ham baliq bu tariqa ucha olmaydi. Xo’sh, unda uchar baliqlar qanday uchadi? Ularning qanoti kattakon old suzgichlaridir. Baliq uchayotgan payti o’z suzgichlarini rostlab oladi va uni o’z tanasiga nisbatan ma’lum qiyalikda tutib turadi. Ba’zan bunga orqa suzgichlari ham qo’shiladi. Avvaliga baliq suv sathidan chiqib turgan tanasi bilan shiddatli ravishda tezligini oshiradi. Dumini shitob bilan harakatlantirib, tezligini oshira borib, ma’lum bir masofani suzib o’tadi. Keyin u suzgichlarini rostlab oladi va ma’lum holda saqlaydiki, harakat tezligi uni havoga ko’tarib chiqaradi. Uchar baliqlar suv ustida yuzlab metr masofani bosib o’tadi. To’lqinlar o’rkachiga duch kelib qolganda, dumi bilan harakati tezligini oshiradi. Uchar baliqlar faqat suv yuzida uchib qolmaydilar. Ular shu qadar baland uchadilarki, hatto okeandagi katta layner palubasiga borib qo’nishlari mumkin.