Beshiktervatar nima?

Beshiktervatar hasharotlar olamining eng ajoyiblaridan biridir. Odamlar uni ba’zan “sohibkaromat” yoki “qotili xachir” deb atashadi. Keyingi nomi xurofiy ahamiyatga ega, go’yo uning so’lagi xachirni zaharlar emish. Beshiktervatar ingichka tanali uzun hasharot; u harakatsiz turgan paytda katta old oyoqlari ibodat qilayotgandek ko’tarilgan va bukilgan holda turadi. Afsuski beshiktervatar ayni chog’da ibodat qilmayotgan… ovga chiqqan bo’ladi. Beshiktervatar, haqiqatan ham qonxo’r hasharotlardan biri va shu bois uni zolim va qotil, deb atashgan bo’lsa kerak. Beshiktervatar boshqa hasharotlarni yeb kun ko’radi. Ovga chiqqan payti qopqonga o’xshagan old oyoqlarini yonidan o’tayotgan har qanday hasharotni tutib olishga shaylab, harakatsiz turadi. Beshiktervatar aynan old oyoqlarini yuqoriga ko’tarib, hujumga shay holda turadi. O’ljasini tutishda unga old oyoqlarining ichki tomonida joylash gan o’tkir kertiklari yordam beradi. Beshiktervatar to’rtta orqa oyoqlari bilan harakatlanadi yoki u joydan bu joyga uchib o’tadi. Aytgancha, beshiktervatar hasharotlar orasida boshini ortiga bura oladigan va orqasiga ham nazar sola oladigan yakkayu yagona jonivordir. Go’ng’illab turgan pashshani ko’rgan beshiktervatar old oyoqlari bilan sakrab tutib oladi va o’ljasini asta-sekin yeya boshlaydi. Beshiktervatarlar oilasiga 800 ga yaqin tur birlashgan. Bu hasharotlarning uzunligi 5 santimetrga yetadi, qanotlari pushti va yashildir.