Biz qay payt Quyosh atrofida tezroq harakat qilamiz: kunduzimi, kechasimi?

Bu savol anglashilmovchilikka ham sabab bo’lishi mumkin: axir, hamisha yerning bir tomonida kunduzi bo’lsa, boshqa tomonida kechasi bo’ladi. Bu tarzda savol berishning nima keragi bor, deyishingiz ham mumkin. Bir qarashda savol noo’rinday tuyuladi. Aslida esa bu savolda ham jon bor. Bu yerda gap butun yer sharining aylanishi to’g’risida emas, aksincha, unda yashovchi sizu bizlarning yulduzlar orasida tezroq harakat qilishimiz to’g’risida ketyapti. Buni bema’ni savol deb bo’lmaydi. Yer Quyosh sistemasida ikki xil harakat qiladi: Quyosh atrofida hamda o’z o’qi atrofida aylanadi. Ikki harakat bir-biriga mos keladi. Ammo natija biz yerning kunduzgi yoki tungi tomonida turganimizga qarab turlicha bo’ladi. Yarim kechasi aylanish tezligi yerning hamma nuqtalari parallel ravishda qo’zg’aladigan tezligiga qo’shiladi. Kunduzi esa, aksincha, bu tezlik yo’qoladi. Demak, biz Quyosh sistemasida kunduzgiga nisbatan tunda tezroq harakat qilar ekanmiz.