Boyo’g’lilar kechasi ko’ra oladimi?

Ming yillardan beri boyug’lilar odamlar ongida alohida ahamiyat kasb etib keladi. Ibtidoiy odamlar boyo’g’lilarga, asosan ularning allaqanday ovoz chiqarishi bilan bog’liq xurofiy bid’atlarni o’ylab topishgan. Yevropaning ko’p mamlakatlarida boyo’g’lining sayrashini o’limdan darak berish, deb tushunishgan. Qadim Yunonistonda esa u donishmandlik ramzi sanalgan. Dunyoda uning bir qancha turlari yashaydi. Sovuq qutb mintaqalarida boyo’gli oqish patli bo’ladi va bu uning atrof muhit rangiga qorishib ketishi va dushmanlaridan omon qolishiga imkon beradi. Texasning qaysidir burchaklarida chumchuqdan kattaroq boyo’g’lilar yashaydi va kapalak va qo’ng’izchalarni yeb kun ko’radi. Boyo’g’li rostakamiga tunga jon berib turadi va uning butun a’zolari aynan shunday hayot kechirishga moslashgan. Avvalo, uning sayrog’iga e’tibor beraylik. U tovush chiqarganda, unga yaqin bo’lgan mavjudotlar qo’rquvga tushadi. Bordiyu ular biror harakat qilsa yoki tovush chiqarsa, boyo’g’li uni o’zining o’tkir quloqlari bilan darrov eshitadi. Boyo’g’lining quloqlarida ochilib-yopiladigan tashqi pardalar mavjud va bu uning boshqa qushlardan ajralib turadigan ayricha xususiyati hamdir. Ayrim boyo’g’lilar quloqlari yonida patli “kengaytirilgan og’izga” o’xshash narsasi bo’ladi va u eshitishiga yordam beradi. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, boyo’g’lilarning hammasi ham bir xil eshitish qobiliyatiga ega emas. Botqoqlik boyo’g’lisi eng o’tkir quloqlidir, uning bosh miyasida joylashgan eshitish markazlarida 46 010 ta neyron mavjud, undan keyingisi patli yapaloqqush (40 360 neyron), so’ng neyasit (39 279 neyron), shalpangquloq boyo’g’li (35 870 neyron) turadi. Buning qanchalik ko’p ekanini tasavvur etish uchun ko’k kaptarni misolga olaylik. Uning eshitish markazida 8 ming neyron bor. Boyo’g’li o’ljasini qo’rqitsa yoki uning harakatini sezsa, hatto qorong’ilikda bo’lsin, darrov ko’ra oladi ham! Uning bu xususiyati quyidagicha izohlanadi: boyo’g’lining ko’z soqqasi juda egiluvchan. U nigohini ko’z ochib-yumguncha istagan masofada bir joyga yig’a oladi. Boyo’g’lilarning qorachig’i juda keng ochiladi va bu uning xira tungi chiroqdan ham foydalanishiga imkon beradi. Uning ko’zlari shunday joylashganki, boshini to’la aylantirsa bas, nigohi yo’nalishini o’zgartiradi. Uning tullash davri ovda qo’l keladi. Patlari benihoya yengil, ovoz chiqarmasdan uchib ketishi va o’ljasiga kutilmaganda hamla qilishi mumkin. Boyo’g’lilarning ayrim turlari fermerlarga foydali, chunki u kalamushlarga, hasharotlarga qiron keltiradi. Shu barobarda ayrim turlari xonaki parrandalar va jo’jalarni yeb, fermerlarga ancha zarar ham yetkazadi.