Erkaklar uchun foydali bo‘lgan 50 ta maslahat…

Tuxum qovurishdan tortib jismoniy mashqlargacha, ayollar bilan munosabatdan to sog‘ligingiz borasidagi o‘gitlargacha bo‘lgan erkaklar uchun foydali ellik maslahatni siz uchun jamladik.

Hurmatli beklarimiz uchun ular asqotib qolsa ajab emas:

1. Kamar uzunligi bel aylanasidan besh santimetr uzunroq bo‘lishi, rangi esa oyoq kiyimi rangi bilan mos bo‘lishi lozim.
2. Og‘ir yoki yirik xajmli buyum ko‘targan har qanday yoshdagi ayollarga yordam berish kerak. Ammo ayollar sumkachasi, yengil shuba yoki manto bundan mustasno. Bu buyumlarni faqatgina ayollar salomatligi yomonlashib, ularni o‘zi mustaqil ko‘tara olmagandagina olib yurish mumkin.
3. Jismoniy mashg‘ulotlarni qancha sekin bajarsangiz, mushak tolalari shunchalik ko‘p ishtirok etadi va ular yanada yiriklashadi.
4. Elkangiz keng bo‘lsa, ko‘ylak yoqasi ham, galstuk eni ham shunga mos bo‘lishi kerak.
5. Yurak xastaliklari alomatlari — og‘riqlar, ko‘krak qismidagi og‘irliklarga bee’tibor bo‘lmang, darxol shifokor ko‘rigidan o‘ting.
6. Hammaning ko‘nglini olishga urinmang. Birovlar fikri siz uchun birinchi darajali bo‘lmasin.
7. Uzun latifalar aytishdan tiyiling.
8. Shimda yurganingizda shim pochasi paypoqlar ko‘rinadigan darajada kalta bo‘lmasligi kerak.
9. Ishga kirish uchun suhbatga eng maqbul kun — dushanba. Eng yomon vaqt esa kun oxirlab qolgan mahali.
10. Pomidor rangini qizil qilishga xizmat qiluvchi likopin birikmasi prostata bezi saratoni xavfini kamaytirib, uni davolashga xam yordam beradi.
11. Birinchi qoida: vaxima qilmang! Ikkinchi qoida: shoshmang! Uchinchi qoida: birinchi va ikkinchi qoidaga qaralsin.
12. Ayollarga ularni qiziqish bilan tinglaydigan erkaklar ko‘proq yoqadi.
13. Erkaklar organizmida turli mushaklar mavjud: bilak, ko‘krak, qorin (press) va hokazo. Biroq eng asosiy mushak doimo e’tiborsiz qoldiriladi. Yurak – boshqa mushaklar bilan bir xil xususiyatga ega. Siz uni kuchli va chidamli, e’tiborsiz qoldirgan taqdiringizda esa, zaif holga keltirishingiz mumkin. Tanlash huquqi sizda.
14. Shimning orqa cho‘ntagiga qalin karmon solib yurish “pastki qavat”larga javobgar bo‘lgan quymichni zararlaydi. Bu esa birinchi navbatda bel og‘rig‘ini keltirib chiqaradi.
15. Har kuni bir dona banan iste’mol qilsangiz, uning tarkibidagi kaliy moddasi qon tomirlari devorlariga xolesterin to‘planishiga to‘sqinlik qiladi.
16. Har kuni jismoniy mashqlar qilsangizu keraklicha uxlamasangiz — xammasi bekor. Kuniga sakkiz soatdan kam uxlamang.
17. Saraton kasalligi oldini oluvchi o‘nta mahsulot: brokkoli, pomidor, ismaloq, apelsin, sarimsoq piyoz, olma, soya doni, sabzi, ko‘k choy, qora uzum.
18. Muntazam jinsiy aloqa immunitetni mustahkamlaydi.
19. Avtomobilda burilish uchun kutayotgan bo‘lsangiz, g‘ildiraklarni to‘g‘riga qaratib qo‘yganingiz ma’qul. Orqadan biror befahm turtvorsa, boshqa qatorga o‘tib, yanada og‘irroq holatga tushishdan saqlanasiz.
20. Har kuni ikki dona olma iste’mol qilsangiz, yiliga 5 kilo ozish imkoniga ega bo‘lasiz.
21. Dastro‘molni birovlar oldida hadeb olavermang — juda xunuk ko‘rinasiz.
22. Avtomobilingizni iloji bo‘lsa manzilingizdan uzoqroqda qoldiring. Bu sizga ko‘proq piyoda yurish va sog‘ligingizni mustahkamlashga xizmat qiladi.
23. Har qanday kiyimni sovuq suvda chaysangiz, ishingiz osonlashadi.
24. Agarda sizni maqtashayotgan bo‘lsa, shunchaki “raxmat” ayting, bundan kam xam, ortiqcha xam gapirmang.
25. Och bo‘lsangiz, xarid qilishga chiqmaganingiz ma’qul: ortiqcha narsalar sotib olasiz.
26. Avtomobilingizda odeyal, yoritkich (fonar) va zahira batareyka olib yuring.
27. Hech qachon vaqt etishmayotganidan nolimang. Sizda qancha bo‘lsa Geyts yoki Abramovichda ham o‘shancha vaqt bo‘lgan.
28. Klassik rangdagi (qora, ko‘k, kulrang) toza kostyumni yil o‘n ikki oy kiyib yurish mumkin.
29. Liftga erkaklar birinchi kirishlari, chiqayotganda esa ayollarni o‘tkazib yuborishlari kerak.
30. Yangi xarid qilgan oyoq kiyimi oyoqlaringizga qattiq tegayotgan bo‘lsa, uning ichiga qo‘l uchun mo‘ljallangan kremdan surting, shunda ancha mayinlashadi.
31. Kostyumingizda uchta tugma bo‘lsa, tepadagisini ba’zida, o‘rtadagisini xar doim taqib yuring, pastki tugmani esa didsizlargina qadab yuradi.
32. Restoran va qahvaxonaga erkak kishi birinchi kiradi.
33. Mutaxassislar tomonidan “jip”sifat avtomobil xaydovchilariga kostyum-shim kiyish tavsiya qilinmaydi.
34. Doimo kompyuterda ishlovchi erkaklar har 45 daqiqadan so‘ng o‘rnigizdan turib, xona bo‘ylab yuring yoki tashqariga chiqib, toza havodan nafas olib keling. Sog‘lig‘ingiz ishingizdan afzalroq va qimmatroq ekanini unutmang!
35. Ayollariga taqinchoq sotib olmoqchi bo‘lgan erkaklar ularni turli-tuman savollar bilan ko‘mib tashlashlari shart emas. Shunchaki kiyinishiga diqqat qaratilsa kifoya.
36. Chekuvchi erkaklar tez-tez sabzi iste’mol qilib yurishlari foydadan xoli bo‘lmaydi. Chunki bu mahsulot tarkibidagi beta-karotin o‘pka faoliyatini yaxshilaydi, saratonni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi kurasha oladi.
37. Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zingizga “Nima sababdan o‘xshamayapti?” degan savol o‘rniga “Nima qilsam o‘xshaydi?” deya savol berishni o‘rganing.
38. Qovurilgan tuxum (omlet) ko‘pchib chiqishi uchun aralashtirishdan avval 1-2 osh qoshiq sovuq suv solib yuboring.
39. Olimlar fikriga ko‘ra, odatlar shakllanishi uchun o‘rtacha 66 kun kerak. Demak, ertalab yugurish, kechki sayr yoki boshqa biror foydali yumushni odatga aylantirmoqchi bo‘lsangiz, kamida ikki oy sabr qilishingiz kerak.
40. Jismoniy mashg‘ulotlar vaqtida mushaklar bir ishni qanchalik ko‘p bajarsa, ularda ishtirok etuvchi mushak tolalari soni shunchalik kamayib boradi. Behuda zo‘riqishni yo‘qotish uchun esa u yoki bu mushaklar uchun mashg‘ulotlarni tez-tez o‘zgartirib turish lozim.
41. Ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qiling, kunida eng kamida 1,5-2 litr toza suv ichishni unutmang.
42. Jismoniy mashg‘ulotlar haftasiga uch martadan oshmasligi kerak. Shuningdek, mashg‘ulotlar vaqtini ham 40-45 daqiqadan oshirib yubormang.
43. Kompyuteringizga sichqoncha tanlayotganda uning hajmi kaftingizga mosligiga e’tibor qarating. Barmoqlaringiz erkin xolatda turganda ham sichqoncha bilan ishlash imkoni bo‘lishi, uni ushlab turish uchun ortiqcha kuch talab etilmasligi kerak. Aks xolda qo‘lingiz tezda toliqib qoladi.
44. Quyuq ovqatlarni teshikkulcha shaklida isitsangiz, tezroq isiydi.
45. Devor teshayotganda zarralar polga tushmasligi uchun stikerdan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun stikerning pastki qismini yuqoriga qaratib qayirib qo‘yasiz.
46. Devorga mix qoqayotganda qo‘lingizni urib olmaslik uchun kiyim qistirgichidan foydalab, mixni to‘g‘ri tutib turishingiz mumkin.
47. Yoqani dazmol qilishda ayollar soch dazmolidan ham foydalanish mumkin.
48. Charmdan tayyorlangan tuflini tozalab, yaltiratmoqchi bo‘lsangiz, unga zaytun moyini surting va yaxshilab arting.
49. Shaxsiy avtomobildagi eng obro‘li joy — xaydovchi yonidagi o‘rindiq hisoblanadi. Taksida esa haydovchining orqa diagonal tomonidagi o‘rindiq. Demak, ota-onangiz, ustozlar yoki hurmatli mexmonlarni ana shu o‘rindiqqa o‘tqazing.
50. Ortiqcha bo‘yoq oqib ketmasligi uchun bo‘yoq idishning o‘rtasidan ko‘ndalangiga rezinka o‘tkazib oling: cho‘tkadagi ortiqcha bo‘yoqni o‘sha rezinkaga surtib olasiz. Shunda ortiqcha bo‘yoq tashqariga emas, idish ichiga tushadi.