Estuariy deltadan nimasi bilan farq qiladi?

Daryoning ko’l yoki dengizga quyilish joyi etak deb ataladi. Keng bir shoxobchali etak esa estuariy deb ataladi. Etak turli qum va loyqa cho’qindilari bilan to’silib qoladi va daryo oqimini turli shoxobchalarga bo’lib tashlaydi. Bunday etak delta deb ataladi. Agar daryo dengizga quyiladigan bo’lsa, uning etagi shakli dengiz suvining ko’tarilishi hamda daryo suvi oqimi sur’atiga bog’liq bo’ladi. Nilning O’rta yer dengizidagi deltasida, qumli sayozliklarga qaramasdan, botqoqlik hosil bo’lmagan. Rona daryosi esa o’z etagiga shu qadar ko’p loyqa olib kelganki, bir zamonlar avliyo Lyudovik o’z salib yurishlarini boshlagan sobiq Eg Mort porti — bandargohi bugungi kunda etak dengizga yo’lni yopib qo’ygan va tekislikdagi shaharga aylangan. Janubiy Amerikadagi Amazonka daryosining suvi shu qadar ko’pki, hatto uning etagidan yuz kilometrlab narida ham sho’r suvni uchratmaysiz. Xuanxe (Xitoy) daryosi oqizib keladigan loyqa esa suvni sariq rangga bo’yaydi. Shuning uchun ham daryo — sariq daryo deb ataladi.