G’ozlar nima uchun tizilib uchadi?

Tasavvur eting, osmonning qayeridandir “g’a-g’a-g’a” lagan ovoz eshitilyapti. Darrov boshingizni ko’tarasiz va shu on osmonda ponasimon tizilib, janub tomon uchib borayotgan g’ozlarni ko’rasiz. G’ozlar tizimi 80 kilometr-soat tezlikda uchib boradi. Ularning nega shunday uchayotganini taxmin qilishimiz mumkin. Va siz, samolyotlar ham bir-birini ko’rib borish, birinchi bo’lib uchayotgan samolyot orqasidan boshqalari uchib borishini bilasiz. Uchib ketayotgan g’ozlarning ham kechasi, ham kunduzi yo’lni yaxshi biladigan, aqlli, ko’pni ko’rgan yo’lboshchisi bo’ladi. Ponasimon tizim samolyotlar kabi g’ozlar uchun ham qulaydir. G’ozlarning 40 ga yaqin turi mavjud. 10-12 turi Qo’shma Shtatlarda yashab, deyarli qishni o’tkazadi. U Kanada qushi deb ham ataladi. G’ozlarning eng keng tarqalgan turi “Kanada g’ozi”dir. Ko’chish davrida u butun Shimoliy Amerikani bosib o’tadi. Uning boshi qora, bo’ynida qalin oq dog’i bo’lib, tumshug’i oldida kengayadi va ba’zi paytlarda har ikki betiga yoyiladi. Kanada g’ozi bir makiyoni bilan bir umr birga yashaydi. Uning suygan ovqati kapalaklardir, ammo chuvalchang va boshqa hasharotlar bilan tamaddi qilishni ham kanda qilmaydi. Ko’proq o’simliklar — yovvoyi guruch, shakarqamish ildizlarini yeydi. U o’z uyasini yerni ko’kragi barobar qazib quradi. Kanada g’ozi tansiq taom hisoblanadi va yaqin davrgacha har yili ming-minglab tutilardi. Har bir g’ozning og’irligi 5-6 kilogramm tosh bosadi, ammo hozirgi paytda bu qushlarni ov qilmaslik to’g’risida qonun qabul qilingan.