Hayotda yordam beruvchi 12 psixologik хоlat

Shunday psixologik ayyorliklar mavjudki, ularni qo’llab har doim insonlardan o’zingiz hoxlagan narsani olishingiz mumkin. Bugun kanalimizda ana shunday psixologik ayyorliklar haqida ma’lumot beramiz. Marhamat!

– Suhbatdoshingizning javobi sizni qoniqtirmasa — misol uchun u nimanidir oxirigacha aytmadi, tushunarsiz yoki yolg‘on gapirdi. Bu haqda undan qayta so‘rash kerak emas. Buning o‘rniga jimgina va diqqat bilan uning ko‘zlariga qarang, bunday usul unga imkoniyat qoldirmaydi va u o‘z fikrini davom ettirishga majbur bo‘ladi.

– Agar sizga kimdir baqirsa, kuch bilan o‘zingizni bosing va xotirjamlikni saqlang, vazmin bo‘ling. Baqiroq odamning birinchi ta’siri g‘azabingizni keltirish, lekin u ko’p o’tmay tezda so‘nadi. Keyin esa ikkinchi vaziyat yuzaga keladi, kishining g‘ashiga tegadigan muomalasi va tajovuzkorligi uchun aybdorlik hissi uyg‘onadi. Qarapsizki, aynan baqirayotgan odam sizdan kechirim so‘raydi.

– Biron kishi sizni tanqid (tanbeh yoki haqorat) qilishini oldindan bilsangiz, dadillik bilan uni yoniga o‘tirib yoki turib oling. Bunday vaziyatda u yumshaydi, sizga nisbatan salbiy munosabati biroz kamayadi.

– Insonni taom yeyishi xotirjamlik va xavfsizlik bilan bog‘liq. Shu sababli biz qadrdon uyimizda ko‘proq ovqatlanishga harakat qilamiz. Agar siz asabiylashayotgan bo‘lsangiz, saqich chaynang: chaynash ta’sirida miya aldanadi, siz esa o‘zingizni dadil va xotirjam his qilasiz.

– Imtihonda talabalar foydalanadigan eski va tekshirilgan usul, o‘qituvchi yaqin va qadrdon do‘stingizdek tasavvur qiling, o‘shanda javob berishingiz osonlashadi, o‘zingizni osoyishta his qilasiz. Bu usul boshqa vaziyatlarda ham qo‘l keladi. Masalan, uni muhim uchrashuv yoki suhbatlarda qo‘llasa bo‘ladi.

– Ulfatlar davrasida hamma birdaniga kulsa, beihtiyor ularning har biri yaqin bo‘lishni istagan, o‘ziga yoqqan odamga qaraydi. Shuning uchun hazil-huzuldan so‘ng nigohlarni ilib olishga harakat qiling – shunda ko‘p narsa ayon bo’ladi.

– Tanish inson bilan uchrashganda unga munosabatingizni quvonch bilan izhor eting: misol uchun samimiy tabassum qiling yoki muloyimlik bilan ismini ayting. O‘shanda vaqt o‘tishi bilan suhbatdoshingizga ancha yaxshi munosabatda bo‘la boshlaysiz va uchrashuv shodligi samimiy bo‘ladi.

– Yoqimtoy inson e’tiborini tortish uchun uning yelkasi orqasidagi to‘g‘rima-to‘g‘ri turgan narsaga razm solib qarang. Uning nigohini o‘zingizga qaraganini sezishingiz bilan tezda ko‘ziga qarang va yengilgina kuling – bu albatta ish beradi!

– Biz o‘z stress holatlarimizni nazorat qila olishimiz mumkin: agar siz qattiq tashvishlansangiz, nafasingiz tezlashsa va yuragingiz sanchishni boshlasa, o‘zingizni xotirjam nafas olishga majburlang va ovozingizni vazminlashtiring. Bu haqiqatdan kuchga ega.

– Birinchi uchrashuvdayoq insonni jalb qilish va uning e’tiboriga tushish uchun, tanishayotganda shunchaki ko‘z rangini bilib oling: nigoh orqali aloqa yaratiladi.

– Talab va shart qo‘yishdan oldin dastlab o‘z qadringizni oshiring. Boshida sherigingiz bunga rozi bo‘lmaydi va rad etadi. Lekin mavjud sharoitni taklif etsangiz u 100 foiz ko‘nadi. Ilgari siz kattaroq narsadan voz kechgan bo‘lsangiz, odamlar undan kamroq narsadan voz kechishga moyil.

– Insonlar o‘ziga va ishiga ishonganlarga intilishadi, shu sababli nima haqida gapirayotgan bo‘lsangiz o’zingizni o‘shani qila oladigandek ko‘rsating (aslida bunday bo‘lmasa ham ).