Ilk marta qachon o’g’itdan foydalanilgan?

Yerni unumdor qilish va o’simliklar o’sishini tezlashtirish uchun tuproqqa sepilgan har qanday modda o’g’itdir. O’g’itlar nima uchun kerak? Aslida ular hosildorlikni oshiradi va oriq tuprohni boyitadi. Pishib yetilayotgan o’simliklar tuproqdagi ozuqa moddalarini so’rib oladi. Ular shu yo’l bilan tuproqning ozuqa elementlari zaxirasini kamaytiradi. Uni to’ldirish uchun dehqon o’g’itlardan foydalanadi. Qachondir yashagan tirik mavjudotlar va o’simliklar chirib, tabiiy o’g’itga aylanadi. Ular sirasiga o’simliklar, yaproqlar chirindisi, hayvonlar suyagi va urug’lardan tayyorlangan un, shuningdek, go’ng kiradi. Kimyoviy o’g’itlar turli manbalardan olinadi. Inson qadim zamonlardan beri o’g’itlardan foydalanib keladi. Masalan, xitoyliklar bundan ming yillar muqaddam hayvonlar va o’simliklarning chiqitlarini o’git sifatida ishlatishgan. Miloddan oldingi II asrda rimliklar ekinlarni almashlab ekishgan, tuproqqa ohak qo’shishgan, no’xat va loviya ekayotib, yerni o’g’itlashgan. XVII asr davomida Yevropaning turli yerlarida go’ngdan o’g’it sifatida foydalanilgan, shaharlardagi chiqitlar dalalarga olib chiqilgan, yerni boyitish uchun yo’ng’ichha ekilgan. Benjamin Franklin 1748 yili Amerikada so’ndirilgan ohakning nimalarga qodir ekanini namoyish etdi. U Filadelfiya atrofidagi shosse bo’ylab katta harflar shaklida ohak tsatlamini yerga surdirib chiqadi. Harflar “bu yer ohaklangan” degan so’zlarni hosil hiladi. Bir oz vaqt o’tgach, oq harflar yo’qolib ketadi, ammo maysalar unib chiqishi bilan yana yozuv paydo bo’ladi, chunki maydonning o’g’itlangan qismidagi maysalar boshqa joylardagiga nisbatan gurkirab, bo’liq o’sayotgan edi.