Ilonlar tuxum qo’yadimi?

Ko’pchiligimiz ilonlarning hammasini bir deb bilamiz. Ular orasida farq borligini eshitgan bo’lsak-da, lekin bu farq unchalik katta emasligiga shubha qilmaymiz. Ana shunday farqlarning biri turli turdagi ilonlarning turli yo’sinda ko’payishidir. Aytaylik, shaqildoq ilon, yapalohqbosh ilon va suvilonlar tuxum qo’ymasdan bolalaydi. Bir martaning o’zida 75 ta bola tug’adigan ilonlar ham aniqlangan. Boshqa tur ilonlar tuxum ho’yadi. Odatda ular tuxumlarini ovloq joylarga, toshlar tagiga, yog’ochlar orasiga yoki kundalar ichiga qo’yadi. Ilon tuxumi shaklan tovuq tuxumidan andak farqlanadi: ular kichikroq va uzunroqdir. Ammo katta ilonlarning tuxumi kattaligi jihatdan tovuqlarnikidan qolishmaydi. Ilon tuxumining po’sti ancha mustahkam, terisimon. Tuxumdondagi tuxumlar soni ilonning turi bilan belgilanadi. Eng ko’p tuxum qo’yadigani, bizningcha, pitondir. Hind pitoni bir vaqtning o’zida 107 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxum, odatda, sarg’aygan o’simliklar orasida, issiqda, quyosh tagida yotadi. Ba’zi paytlar ilonlar kulcha bo’lib yotib, tuxumlarini qo’riqlaydi. Tuxumdonga 100 ta tuxum qo’yadigan qaysi bir jonivor o’z avlodi haqida o’ylaydi, deysiz? Albatta, hech qaysisi! Tuxumdan chiqqan ilonlarning hammasi o’z g’amini o’zi yeydi!