Kanon bilan dara o’rtasida qanday farq bor?

Aslida, hech qanday farq yo’q. Ikkala tushuncha ham tog’lar yoki yassi tog’liklar o’rtasidagi tor, chuqur va ikki chekkasi qoyalardan iborat joyni anglatadi. Odatda, ularning tubida daryo o’zani bo’ladi. Birdan-bir farqi shuki, ayni paytda daradan daryo oqib o’tmayotgan bo’ladi. “Kanon” ispancha so’zdir. U Arizonadagi (AQSh) Kolorado daryosidagi Kanon haqida so’z ketganda, tez-tez tilga olinadi. Katta Kanon (bu — uning aniq nomi)ni 1540 yili ispan ekspeditsiyasi kashf etgan. Uning chuqurligi 1 800 metrgacha etadi. Kanonning kengligi ayrim joylarda 25 km. gacha boradi. U tabiat ijod etgan g’aroyib obidadir va milliy bog’ sifatida qo’riqlanadi. Fransiyada ham chog’roq, ammo ajoyib manzarali daralar bor. Masalan, Lup, Tarn, Verdon daralari yer qobig’ining siljishi natijasida hosil bo’lgan. Ayrim joylarda ularning chuqurligi 700 m., kengligi esa 1 500 metrga yetadi.