Lochin ovi nima?

Lochin — yirtqich qush; u oziqlanish maqsadida boshqa hayvonlarni tutadi. Uning tirnoqlari o’tkir, qanotlari uzun hamda kamgagi yoki “tishlari” tumshug’ining keskir joyida o’rnashgan. Lochinlar oilasi o’lchami bo’yicha ko’pgina turlarni: o’n besh santimetrli qarqunokdan tortib, oltmish santimetr keladigan shumkarni o’z ichiga qamrab oladi. Lochin ovi — hayvonlarni o’rgatish va yirtqich qushlarni, ayniqsa, lochin va qarchig’aylarni ovlash san’atidir. Qo’lga o’rgatiladigan qush o’ljasini urib yiqitishi uchun yetarlicha kuchli va shiddatli, aqlli bo’lishi lozim. Lochin egasi bilan ovga chiqqanda, u juda baland havoga ko’tariladi. Ayrim lochinlar 300 metrgacha balandlikda parvoz qila oladi. O’ljani ko’rib qolishi hamono u pastga sho’ng’iydi va o’ljasining yelkasidan tirnoqlari bilan changallab oladi. So’ng u o’lja bilan yerga qo’nadi, bo’ynini qayiradi va timdalay boshlaydi. Lochinboz bir to’gram go’sht bilan lochinga yaqinlashib, qo’liga kelib qo’nishi va go’shtni yeyishi uchun o’ziga chorlaydi. Lochin ovi qachon paydo bo’lganini hech kim aniq aytib berolmaydi, ammo biz bilamizki, u qadim zamonlardan davom etib kelayotgan an’ana. Qadimiy yapon qo’lyozmalarida bitilishicha, xitoyliklar to’rt ming yil burun lochinlarni qo’lga o’rgatishgan. Lochin ovi haqidagi noyob kitoblardan biri XIII asrda ulug’ Rim saltanatining imperatori Fridrix II tomonidan yozilgan. U ko’pgina ma’lumotlarni o’zi qatnashgan salib yurishi payti, Sharqdan olgan. Sharqda Lochin ovi bilan xonlar va ularning avlodlari shug’ullangan. XIII—XVII asrlarda Lochin ovi juda ommalashgan edi. U bilan bogliq juda qizih urf-odatlar va qonunlar bor edi. Masalan, lochinboz ov qiladigan qush turi uning ijtimoiy mavqeiga qarab belgilanardi. Qirollar va imperatorlar burgut yoki shumkarlardan, shahzodalar, graflar va gertsoglar kezib yuradigan lochinlardan foydalanardi. XVIII asrning boshlariga kelib Lochin ovi deyarli yo’qoldi, ammo hamma joyda sportning bu turi bilan shug’ullanib kelayotgan odamlar bor.