Meandr nima?

Suv oqimi dengiz yoki okeanga oqib tushishi davomida o’ziga yo’l ochib boradi. Tog’ daryosi tik yonbag’irlarni kesib o’tayotib, chuqur dara hosil qiladi. Vodiydan oqib o’tayotganda, daryoning o’zani ilon izi singari egri-bugri bo’lib qoladi. Daryoning burilgan joyi Meandr deb ataladi. Har bir daryo cho’kindilar hosil qiladi. U qayrilib-burilib oqqanda, tuproq eroziyasi tezlashadi va burilishlar yanada ko’payadi. Suv cho’kindilarni burilishning ichki tomoniga yig’a boshlaydi, uning tashqi tomoni yanada ko’proq buziladi. Natijada burilish joyi to’silib qolib, daryo shoxobchasini hosil qiladi.