Mog’or nima?

Ba’zida tabiat insonga doimo qarshilik ko’rsatayotganday, uning yashashini qiyinlashtirib qo’yayotganday tuyuladi. Hasharotlar va o’simliklar inson bilan kurashda g’olib chiqayotganday taassurot paydo bo’ladi. Biz qo’lni qovushtirib o’tiribmiz-u, boshimizga o’zimiz va mulkimizga ziyon yetkazuvchi turli balolar yog’iladi, deb faraz qilaylik. Hujum qilish vaqt-soatini kutib turgan shunday zararkunandalardan biri mog’ordir.

Charm buyum, tayyorlangan ovqat yoki murabboni sovuq va quru joyda saqlash o’rniga ochiq havoda qoldirsangiz bormi, darrov mog’or bosadi.

Uning eng ko’zga tashlanadigan joyi non tuyuridir. Agar u bir necha kun iliq va namli joyda qolib ketsa, ustida o’rgimchak to’riga, o’xshash, xuddi qora chang purkalganday oqish bir qatlam hosil bo’ladi. Agar bu modda mikroskop ostiga qo’yib qaralsa, ikki xil o’simtadan iborat ko’plab rangsiz tolalarni ko’rish mumkin. Ayrim tolalar uchida sporadan iborat mayda qora sharcha bor. Boshqalari esa nisbatan kalta, nondan oziq moddalarni so’rib oladigan o’ziga xos ildizlardir.

Mana shu mog’ordir. Mog’or iliq va nam oziq moddalar yetarli bo’lgan joylarda urchiydi. Odatda, irib-chiriyotgan o’simlik va hayvonlar tanasida po’panak mog’or singari mog’orlar paydo bo’ladi. Boshqa turdagi mog’orlar tirik organizmlarda yashovchi parazitlardir. Biz ko’pincha ularni umumiy atama bilan “mog’or” deb ataymiz. Mog’orning ikki turi bor. Bir turi o’simlik va daraxtlar yaprog’i, shoxi, guli va mevalari yuzasida ko’payadi. Momiq mog’or esa o’simliklarning ichida urchiydi. U, asosan, kartoshka va uzumni ishdan chiqaradi. Unga qarshi kurashish juda mushkul.