Nega katta sho’rko’lning suvi sho’r?

Okean suvi sho’r ekanini hamma yaxshi biladi. Ammo nega materik ichkarisidagi ko’llardagi, masalan, katta sho’rko’l suvi tarkibida tuz bor? Bu savolga javob berish uchun, avvalo, ko’llar qanday vujudga kelganini va keyinchalik nima bo’lganini bilib olish kerak bo’ladi. Ko’l past yerlarda suv to’planib qolishi natijasida hosil bo’ladi. Ko’llarga suv yog’ingarchilik va qorlar erishidan tushadi. Shuningdek, jilg’alar, irmoqlarning unga quyilishi va yer osti suvlarining sizib chiqishi natijasida to’lishib boradi. Chuchuk suv bilan birga unda erigan mineral suvlar ham ko’lga oqib keladi. Bu mineral moddalar suvga qoyalardan va baland yerlardan tushadi.

Iqlimi issiq joylardagi ko’llarning suvi bug’lanishi natijasida kamayib boradi. Ko’lga tushayotgan suvning aksariyat qismi bug’lanib ketgani bilan uning tarkibidagi tuzlar qolaveradi. Bu bilan ko’llar suvi tarkibidagi tuz ko’payib boraveradi. Katta sho’rko’lning suvi shu tariqa sho’rlanib ketgan. Bunday ko’llarga asrlar bo’yi mineral moddalar oqib tushgan. Bunday moddalarning aksariyati oddiy tuzdir. Tuz miqdori juda yuqori bo’lgan bunday ko’llarda faqat krevetkalar — mayda qisqichbaqalar yashashi mumkin. Katta sho’rko’l AQShdagi Yuta shtatining shimoli g’arbida joylashgan. U dengiz sathidan 1 220 metr balanddadir.