Nega suv hamma joyda bir xil ko’tarilmaydi?

Siz biror marta suv ko’tarilgan paytda qo’zg’algan to’lqin bo’ylab dengiz ichkarisi tomon tizzangiz suvga botguncha uzoq yurganmisiz? Ayrim joylarda suvning baland va past ko’tarilishini bir-biridan ajratish ancha qiyin bo’ladi. Buning oy ta’siriga hech qanday aloqasi yo’q. Suv gravitasiya ta’sirida ko’tariladi. Yer oyni tortgani kabi oy ham yerni tortadi, ammo oyning tortish kuchi yernikiga nisbatan kuchsizdir. Oy yerni tortishi natijasida suv yuzasida to’lqin yoki qavariqlik hosil bo’ladi va suv baland ko’tariladi. Oy yerning orqa tomonidagi suvni kamroq tortadi. Oy yerning o’ziga teskari tomonidan uzoqroq bo’lgani uchun o’sha tomonda ham qavariqlik hosil bo’ladi. Shuning uchun yerning ikkala tomonida ham suv baland ko’tariladi. Oy yer atrofida aylanayotgani sababli bu ikki suv “o’rkachi” va suvning pasaygan sathi oyga nisbatan ilgarigi holatdaligicha qolaveradi. Agar yer yuzasi butunlay suv bilan qoplanganida edi, suvning baland va past ko’tarilishi o’rtasidagi almashuv muntazam bo’lishi mumkin edi. Bunga boshqa ko’plab omillar xalaqit beradi. Shunday omillardan biri qit’alarning salmog’idir. Ular suvning ko’tarilish oqimi vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Oqimlar sohil bo’ylarini aylanib o’tib, ma’lum bir joylarda, masalan, ko’rfazlarda to’planadi. To’g’ri sohil chizig’iga ega bo’lgan Nishab qirg’oqlarda suv ko’tarilishi uchun keng maydon bo’lgani sababli, sath uncha ko’tarilmaydi. Ammo bunday suv tor qo’ltiq yoki kanalga duch kelganida, kengliklarga oqib ketolmagani uchun ham baland ko’tariladi. Masalan, Fandi qo’ltig’ida suvning ko’tarilishi va pasayishi o’rtasidagi farq 21 metrdan oshiqroq balandlikni tashkil etadi. Shu bilan birgalikda O’rta yer dengizida suvning sathi, bor-yo’gi, 0,5 metrga ko’tarilishi mumkin.