Omarlar qanday o’sadi?

Omar g’aroyib dengiz jonivorlaridan biri. U qisqichbaqasimonlar oilasiga mansub bo’lib, daryo qisqichbaqasi, krevetka va langustlarga avloddoshdir. Omarlarning uch turi mavjud. Labradordan to Shimoliy Karolinagacha bo’lgan Atlantika okeani sohillari o’zida eng katta Shimoliy Amerika omarlarini ifoda etadi. O’lchami bo’yicha undan keyin Atlantka okeanining Sharqiy sohillarida uchraydigan Yevropa krablari turadi. Eng kichik Afrika omarlarini yaxshi umid burunida uchratish mumkin. Omar tanasi ko’pincha to’q yashil qattiq zirh bilan muhofaza etilgan, agar qaynatilsa, qizil rangga o’tadi. Zirhning oldingi qismi deyarli yaxlit, undan keyin yetti bo’g’im keladi, uning oxirgisi dumni tashkil etadi. Omarlarning to’rt juft oyog’i bor. Ikki juftining uchida kichik qisgichlari mavjud. Oldida oyoq emas, balki qo’l vazifasini bajaradigan katta qisgichlari bor. Ularning bittasi juda qalin va katta bo’lib, nafis narsalarni sindirishga xizmat qiladi. Boshqasi kichikroq, egik va juda ko’p o’tkir tishlar bilan ta’minlangan. Omar dushmani yoki o’ljasini tutib olishda ayni shu qisgichidan foydalanadi. Omarlar, odatda, okean tubida, yurishga mo’ljallangan oyoq uchlarini muvozanatga solib, harakat qiladi. Bordiyu ularni cho’chitsangiz, 7,5 metrgacha suvda ortiga sakrashi mumkin. Ular ortiga dumidagi qanotlarini ildam eshib, juda tez harakat qiladi. Krabning urg’ochisi 5 mingdan 100 mingtagacha uvuldiriq qo’yishi mumkin. U uvuldiriqlarnni o’n oy atrofida o’zi bilan birga olib yuradi. Ular bu davrda dumi tagida birikkan bo’ladi. Nasl paydo bo’lishi bilan krab ularni o’zidan uzoqlashtiradi va zuryodlari mustaqil hayot kechira boshlaydi. Zirhi qattiq bo’lgan omar qanday qilib o’sadi? Omar o’z umri davomida po’st tashlaydi. Bu zirhga sig’may qolishi bilan undan voz kechadi degani. Omar 14 — 17 marta po’st tashlaydi, voyaga yetgach, u yiliga bir marta po’st tashlaydi. Kichkina omar suv sathida olti-sakkiz hafta suzib yuradi va bu davrda boshqa jonivorlarga osongina o’lja bo’ladi. Bordiyu u tirik qolsa, okean tubiga tushadi va o’ziga uy qurib oladi.