O’rgimchak uyasi nimadan to’qiladi?

O’rgimchaklarda ko’pchiligimizning xayolimizni qochirgan narsa uning uyasidir. Aslini olganda, o’rgimchak juda ko’p tarafdan g’aroyib maxluq. O’rgimchaklar turiga qarab barcha iqlim zonalarida, havoda ham, suvda ham, yerda va tuproqda ham yashaydi. Ba’zi birlarining kattaligi 8 santimetrga yetadi, boshqalari esa bazo’r ko’zga tashlanadi. Ayrim turlari yil bo’yi suv ichmasligi mumkin, kenja bir turi—katta o’rgimchak biyi bo’lib, qushlar bilan oziqlanadi va 15 yilga qadar hayot kechiradi. Ammo ko’plari bir yilgacha yashaydi. Eng muhimi, o’rgimchaklar hasharot emas. Ular “o’rgimchaksimonlar” deb atalmish guruhga kiradi. Ular hasharotlardan oyog’ining oltita emas, sakkiztaligi, 8 ta ko’z va tanasining ikki qismdan tashkil topgani bilan ajralib turadi. O’rgimchaklar uyasi uchun ishlatadiggsh tolalarni oshqozon bezlaridan ajratib chiqaradi. O’rgimchak tolasi oshqozon uchida joylashgan to’qima a’zolaridagi ko’p kichik teshikchalardan cho’zilib chiqadi. U suyuqlik tarzida paydo bo’ladi va havoda darrov qattiqlashadi. Tolalarning bir necha: o’lja tutishga asqotadigan yopishqog’i; ustunlarni ko’tarib turadigan qattig’i, unga yopishmaydi; tuxum qo’yadigan pilla turlari mavjud. Ularning birlari yumshoq va momiq, boshqalari qattiq va dag’aldir. O’rgimchaklar bu tolalarning hammasini to’qiy oladilar. G’ildiraksimon o’rgimchak uyasidan faqat o’lja tutishda foydalaniladi. Avvaliga “poydevor” — noto’g’ri to’rtburchak shaklidagi nafis tashqi og’ir tolalari tortiladi. Keyin 3 — 4 ta burama to’rlarni tutib turadigan g’ildirak kegaylari tuzib chiqiladi. Eng oxirida, ochiq bo’shliqni qalin o’raydigan yopishqoq burama to’rlar paydo bo’ladi. O’rgimchak uyalarining yana bir turi o’rgimchak barg uya deyiladi. U tolalarning yassi voronkasimon yoki gumbazsimon sirtidir. O’rgimchak teskari yotadi. O’rgimchak “teshik”ni shisha og’ziga o’xshatib yasaydi. U tepasida bo’ladi. Bu uyani shox-shabba va tuproqdan pana qilib turadi. “Bo’ri” o’rgimchaklar yer tagida yo’l qazib, uni tola bilan bog’laydilar. Yevropada suv o’rgimchaklari o’z qo’ng’iroqsimon uyalarini to’g’ri suv tagida quradilar. O’rgimchak uni oshqozon qivchinlarida tashqaridan olib kelgan havo bilan to’ldiradi. U bu yerda tuxum qo’yadi, bolachalarini to mustaqil uya qurish darajasiga yetguncha shu yerda boqadi. Aytgancha, hamma o’rgimchaklar uya to’qiyvermaydi. Ba’zilari barg va po’stlarda bir xonali uylar qurib oladi.