Qazilma organizmlar nima?

Qazilma o’simliklar va hayvonlarni o’rganish tariximizni, million yillar oldin qanday hayvonlar yashaganini bilishimizga yordam beradi. Bu bilan “paleontologiya” fani shug’ullanadi. Ayrim odamlar qazilma organizmlar juda qadim zamonda yashagan hayvonlarning qoldig’i, deb o’ylashadi. Aslini olganda, qazilma organizmlarning uch turi mavjud. Birinchi turiga chirimay qolgan va shu kunga qadar asl holini yo’qotmagan organizm a’zolari kiradi. Qazilma organizmlar hayvon yoki o’simlikning qay tariqa yo’qolishidan so’ng o’sha hayvon yoki o’simlikning shakl-shamoyilini ko’z o’ngimizga keltiradigan nusxa yoki bosib tushirilgan iz tarzida bo’lishi mumkin. Hayvonning loy yoki tuproqning yuza qismida qolgan izi ham qazilma organizm hisoblanadi. Shu kunlarda biror a’zodan iborat bo’lgan qazilma organizmlar, asosan organizmning qattiq a’zolari — skelet, chig’anoqlari topilmoqda. Yumshoq to’qimalar chirib ketadi. Ayrim hollarda, 99 foizi suvdan tarkib topgan Meduza kabi jonivorlar qoyalarda juda yaxshi iz qoldirgan. Muzliklarda topilgan ayrim jonzotlarning nafaqat skelet, balki suyak to’qimalari ham saqlanib qolganiga guvoh bo’lish mumkin. Qazilma organizm sifati uning katta-kichikligiga bog’liq emas. Masalan, qahrabo parchasida bundan bir necha million yil oldin yashagan mitti chumoli juda yaxshi saqlanib qolgan. Hayvon yoki o’simlikning saqlanish darajasi ular yashagan joyga bog’liq. Qazilmalar orasida eng ko’p topilgani dengiz jonivorlarinikidir, chunki ular nobud bo’lgach, tanalari tezda suv tagidagi cho’kindilar bilan qoplanib, natijada chirishdan saqlanib qoladi. Yerdagi hayvon va o’simliklar havo va atrof muhitning yemiruvchilik ta’siri ostida bo’ladilar. Qazilma organizmlarni o’rganishimiz sharofati bilan biz yuz millionlab yil ilgarigi hayvonot olami qanday bo’lganini bilib olamiz. Misol uchun, qoyatoshdan topilgan qazilma organizm bizga million yil oldin sudralib yuruvchilar davri bo’lgani, o’sha paytlarda uzunligi 24 metr va og’irligi 56 tonna keladigan bahaybat maxluq yashaganini ma’lum qiladi. Bular dinozavrlar edi. “Arxeopteriks” deb nomlanuvchi ilk qushni ham biz topilgan ikkita nusxasidan bilib olganmiz.