Sekvoyya nima?

Sekvoyya, shubhasiz, eniga ham, bo’yiga ham dunyodagi eng katta daraxt hisoblanadi. Ular bir necha asr umr ko’radi va Amerikaning ko’rkidir. Sekvoyya AQShning Kaliforniya shtatida o’sadi. Qarag’ay yoki kedr singari u ham ignabarglilar oilasiga mansub. Ammo uning bo’yi juda cho’zilib ketadi va uzoq yashaydi. Hozirgi kunda mavjud ayrim sekvoyyalar Iso payg’ambar tug’ilmasidan ham oldin bo’lgan. Sekvoyyaning odatdagi balandligi yuz metr atrofida bo’ladi, shu bilan birgalikda bo’yi Eyfel minorasi (300 metr) ning yarmiga teng keladigan sekvoyyalar ham bor. Shunday ulkan daraxtlardan biri qulab tushib, yo’lni to’sib qo’yganida, uning tanasidan avtomashinalar o’tishi uchun tunnel qazilgan. Bunday daraxtlar hech kimni befarq qoldirmasligi tabiiy. Sekvoyyaning yana bir qarindoshi sevayyadendron ham undan qolishmaydi. U ignabarglidir, Kaliforniyada o’sadi. Bahaybatliligiga yarasha sevayyadendron 3 — 4 ming yil umr ham ko’radi.