Shakar nima uchun kerak?

Ayrim o’simliklar o’z ildizi, poyasi va mevalarida ozuqa moddalari to’playdi. Ular o’simlikning urug’i ko’karib chiqishi uchun kerak bo’ladi. Shakar ana shunday ozuqa moddalari sirasiga kiradi. Inson qadim zamonlardan beri o’simliklarni va ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni iste’mol qilib keladi. Qadim-qadimdan shakarqamishning sharbati shirali ekani ma’lum. Napoleon urushlari vaqtida fransuzlar lavlagidan ham shakar tayyorlashni o’rganib olishdi. Shakar konfet, murabbo, holva, pashmak, shokolad kabi qandolat mahsulotlari tarkibining asosiy qismini tashkil etadi.