“Shunchaki kutib turuvchi” yirtqich o’simliklar nima?

Bu sira o’simliklar orasida Amerika sarratseni anchagina mashhurdir. Kanadada keng tarqalgan bu o’simlikni askar krujkasi, shayton botinkasi, ovchi burg’usi, kuvacha o’simlik deb ham atashadi. Uning keyingi nomi juda mos tushgan, chunki yalang’och poyasi atrofida katta bo’lib ochiladigan qizil gul rostakamiga kuvachaga o’xshaydi. Uning yorqin guliga oshufta hasharotlar uchib kelib, so’ng kuvachasiga tusha boshlaydi. Ba’zi bir katta tuplarda ularning soni 40 taga yetadi. Kuvachalarning o’zi ham juda yorqin, shu bois uning bo’gzi atrofida shirin nektar yig’iladi, ayni hol hasharotlarni o’ziga jalb qiladi. Shirinlikdan totib qolishga uringan hasharotlar kuvachaning ichki tarafini qoplagan yumshoq tuklarga tirmashib, uning ichiga kiradilar. Ichiga kirgan hasharot borki, ortiga chiqa olmaydi. Tuklar darhol rostlanib, hasharotning tepaga, ozodlikka chiqish yo’lini to’sib qo’yadi. Hasharotlar tobora pastga, ayricha suyuqlik yig’ilgan tubiga qadar tushib kelaveradilar, ayni shu suyuqlik orqali yirtqich o’simliklar o’z o’ljalarini osongina hazm qiladilar. Odatda, kutuvchi hasharotxo’r o’simliklar botiq idishga, ayniqsa, yuqorida aytganimizdek, mug’ambir kuvachalarga o’xshaydi.