To’ti va kakku o’rtasida qanday o’xshashlik bor?

To’ti va kakkuni bir-biriga o’xshatib turadigan bosh alomatni har kim o’zicha aytishi mumkin. Agar aytolmasa, ushbu hikoyamizni oxirigacha o’qigan kishi bilib olishiga shubha yo’q. To’ti va kakku qanday yashashini, ularning odati qanaqaligini, ularning nima bilan ovqatlanishini bir ko’z oldimizga keltiraylik. Balki, umumiy o’xshashliklar o’z-o’zidan topilib qolar. Agar topilmasa, baribir bu haqda ko’p va qiziqarli tomonlarni bilib olasiz. Yer sharining ayrim joylarida, masalan, Avstraliya, Afrika, Janubiy Amerika yoki Janubiy Osiyoda to’tilar juda serob. Ularning rangi va kattaligi turlicha, kulrang va ko’rimsizlari bo’ladi, ammo ular ko’pincha ravshan ajralib turuvchi rangdor patlari bilan chiroyli ko’rinadi. Ularning ayrimlari shu qadar kuchli xotiraga egaki, ayrim so’z va jumlalarni takrorlash qobiliyatiga egadirlar. Uyimizdagi qafas ichidagi to’tilarning xotirasi kuchli ekanidan zavq to’yar ekanmiz, ularning odamga ashaddiy dushman ekanini xayolga keltirmaymiz. Ular ko’p joylarda bu bor haqiqatdir. To’tilar o’simlik mevalarini yeb kun ko’radilar va gala-gala bo’lib, mahalliy odamlarning bog’ va polizlariga uchib kelib, xonavayron etadi. Shuning uchun ham odamlar to’tilarni juda xavfli deb hisoblaydilar va ularni ov qiladilar. To’tilardan farqli o’laroq kakkular juda foydalidir. Ular zararli hasharotlarga qiron keltiradi, hatto boshqa qushlar yemaydigan kapalak qurtlarini ham yeydi. Kakkularning ovqatxo’rligini e’tiborga olib, ular odamlarga qanchalik foyda keltirishini tasavvur etavering. Kakkular hatto o’rmonlarning katta qismini xavfli zararkunandalardan saqlab qoladi. Ammo boshqa qushlar kakkulardan zulm ko’radi. Gap shundaki, kakkular o’z tuxumini boshqa qushlar uyasiga qo’yadi va ular kakku tuxumini bosadi. Kakku polaponlari o’sib borarkan, ular boshqa polaponlarni o’z uyalaridan quvib chiqaradi. To’tilar haqida bunday deb bo’lmaydi. Ular juda g’amxo’rdirlar, polaponlarini o’zlari ochadi, polaponlari temirqanot bo’lib, uyadan uchib chiqadigan, o’zlariga ozuqa topadigan bo’lgan davrda ham ovqat keltirib boqadi. Ana endi to’ti va kakku o’rtasidagi o’xshashliklar haqida to’xtalamiz. Oralaridagi farq katta bo’lgani bilan ularning shajarasi bir. Eng asosiy o’xshashlik — ularning ikkovi ham qush ekanidir. Ikkinchi umumiy o’xshashlikni aytish qiyin, chunki ular ko’zga tashlanmaydi. Ma’lum bo’lishicha, to’tining ham, kakkuning ham oyoq panjalari bir xil o’rnashgan.