Tukli arilar nima bilan oziqlanadi?

Deyarli barcha hasharotlarning o’ziga xos nasl yetishtirish usuli bor, biroq ularning ayrimlari, masalan, tukli ari bu borada ancha mahoratlidir. Ayrim tukli arilar o’z bolalari uchun loydan kichik uya yasashadi. Boshqalari uyani qog’ozdan qilishadi. Yana birlari yerdan yoriq kavlashadi, ular orasida daraxtga uya quradiganlari ham mavjud. Uya tayyor bo’lgach, ona tukli ari uyada zahira ovqat hozirlash maqsadida ovga chiqadi. Och tukli arilar ovqatni juda farqlaydilar: ayrimlari faqat o’rgimchaklarni yeydi, boshqalari qo’ng’iz, pashsha tutib kun kechiradi, ko’pgina tukli arilar tirik ovqatdan boshqa hech narsa bilan oziqlanmaydi. Ularning modalari zarur hasharotlarni topish uchun olis masofalarga uchib boradi. Ular o’zlarining kuchli jag’lari bilan tutib olgach, hasharotning asab markaziga nishlarini sanchadilar. Bu zahar butunlay majolsiz qiladi, ammo o’ldirmaydi, shu bois jajji tukli arilar hasharot etini yeb bo’lgunlaricha toza holda turadi. Tukli arilar asalari va chumolilar singari pardaqanotli hasharotlar guruhiga kiradi. Rang-barang turdagi bu hasharotlar, asosan ikkiga bo’linadi. Ularning bir qismi uya qurish va nasllarini ovqat bilan ta’minlash uchun bir joyga tuplanadi. Tukli arilar o’z holicha, yolg’iz yashaydi. Bu ikki guruh qanotlarining joylashuvi bilan ajralib turadi: guruhchi tukli arilar buklama Yelpig’ich misoli qanotlarini to’g’rilasa, yolgiz tukli arilar uni yelkasiga joylaydilar. Tukli arilarning hammasi bir-biriga o’xshaydi. Ularning yupqa pardalari to’rttadan, oyoqlari uch juftdan. Modalarining uzun ingichka nishi tanasining ort qismida joylashgan. Ularning og’zi kavsh qaytarish va so’rishga moslashgan, chunki tukli arilar mevalar va boshqa hasharotlar sharbati bilan oziqlanadi. Tukli arilarning ayrimlari faqat bo’r bilan oziqlanadi.