Tullash nima?

Hayvonlarning teri yoki patlarini yangisi bilan almashtirishini biz tullash deymiz. Yovvoyi hayvonlar, reptiliyalar, qushlar hatto ayrim hasharotlar tullaydilar. Qushlar o’z hayotlari mobaynida turli patlarning butun bir to’plamini o’stiradi. Voyaga yetishi bilan patlar yosh ko’rinishiga xos rangga ega bo’ladi va quvvatdan ketishi barobarida eski patlar tushib ketadi va ularning o’rniga yangilari o’sib chiqadi. Patlar yulib olinganda ham ayni hol takrorlanadi. Bundan tashqari, ayrim qushlar juftlashish davrida yangi yorqin patlar o’stiradilar. Shu tariqa aksariyat qushlar bir yilda ikki marta: juftlashishdan oldin va juftlashishdan keyin tullaydilar. Qushlarning deyarli barchasi ko’p “olib yurgan” patlarini bir vaqtda tashlamaydi, bu tullash davrida uchish qobiliyatini saqlab qolishiga imkon yaratadi. Ayni chog’da, aerodinamik muvozanat yo’qolmasligi uchun patlarning biri chap tomondan, ikkinchisi o’ng tomondan juft holda to’kiladi. Faqat o’rdak, g’oz va oqqushlar tullash davrida hamma patlarini to’kadi va ucholmay qoladi. Ular suvda suzuvchilar bo’lgani uchun xavfdan qutulish maqsadida uchishi shart emas, ularga suvga tushib olishning o’zi kifoya qiladi. Tullash davrida tiniq patli narlari ko’pincha bir xil rangga burkanadilar, bu ularning niqoblanishiga qo’shimcha imkon beradi.