LIONG CHAN DIK

LIONG CHAN DIK (1937.5.5, Vetnam, Kuang Ngay provintsiyasi) — Vetnam Sotsialistik Respublikasi (VSR) davlat arbobi. Xanoy geologiya qidiruv institutini (1969), SSSR xalq xo’jaligi akademiyasini (1981) tugatgan. 1955 yildan geologiya qidiruv partiyalarida texnik, Vetnam geologlari kasaba uyushmasi ijroiya qo’mitasi a’zosi, vetnam geologlari kasaba uyushmasi raisi o’rinbosari, 1970 yildan geol. xaritalari boshqarmasida boshliq o’rinbosari va partiya qo’mitasi doimiy a’zosi, 1976 yildan Nguen ay Kuok nomidagi Oliy partiya maktabi tinglovchisi, 1977 yildan geol. xaritalari birlashmasi boshlig’i o’rinbosari, boshlig’i, 1979 yildan geologiya bosh boshqarmasi bosh direktori, partiya qo’mitasi kotibi, 1987 yildan Vetnam Vazirlar kengashi raisi o’rinbosari, Milliy Majlis deputati, Vsrning’o’zaro iqtisodiy Yordam Kengashidagi doimiy vakili, 1992 yildan VSR bosh vaziri o’rinbosari, 1996 yil Vetnam KP MK siyosiy byurosi a’zosi. 1997 yil 24 sentabrdan VSR prezidenti. Vetnam KP 5 —9-s’yezdlarida MK a’zosi.