AVTO …

AVTO … (Yunoncha autos — o’zim) — qo’shma so’z bo’lagi; quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1) «o’zim», «o’z qo’lim bilan» (masalan, avtolitografiya); 2) «avtomatik», ya’ni «o’z-o’zidan» (masalan, avtoblokirovka, avtopilot), «o’zi harakatlanadigan» (masalan, avtoyuklagich); 3) avtomobilga doir (masalan, avtovokzal, avtodrom).