BOLISH

BOLISH, lo’la bolish — yostiq turi, uzunchoq va dumaloq shaklda bo’ladi. Kashta tikib bezatilgan jildi bolinpo’sh, takyapo’sh deb ataladi.

BOLISH (o’lchovshunoslikda) — 1) mo’g’ullar va qisman turklar orasida (13-14 asrlar) muomalada bo’lgan tilla va kumush pul. Ba’zi manbalarda 75 dinorta, ba’zilarida 300 dinorga teng deb ko’rsatiladi. Vazni 150-600 misqol bo’lgan; 2) mo’g’ullar davlatida pul birligi o’rnida yurgan oltin yoki kumush yombi. Chig’atoyxon davrida (13-asr) 1 Bolish 300 dinorga, ba’zi hollarda 500 misqolga teng bo’lgan (Mirzo Ulug’bek, «To’rt ulus tarixi», T., 1994, 3526.).