BO’NAK

BO’NAK — 1) biror ish yuzasidan ish beruvchi (buyurtmachi)lar ish bajaruvchilarga oldindan beradigan qarz. O’rta asrlar oxirida, asosan O’rta Osiyoda dehqon va hunarmandlarga pul yoki natura tarzida Bo’nak berish keng tarqalgan edi. Bo’nak olgan dehqonning yeri va mol mulki garovda turgan; 2) o’tmishda usta shogirdiga ishlab berish yoki qaytarish sharti bilan beradigan qarz puli.