KITCHENER

KITCHENER — Kanadaning Janubiy qismidagi shahar, Ontario provintsiyasida, Grand-River daryosi vodiysida. Aholisi 421,8 ming kishi (2000, shahar atrofi bilan). Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, metallsozlik, ko’n-teri, to’qimachilik, elektronika sanoati korxonalari bor.