Qizlar haqida faktlar

  • Ayollar erkaklarga qaraganda ranglarni farqlay olishadi, chunki ularda x xromosamalari 2 ta, erkaklarda esa 1 ta. Ayollar hatto x xromosalarining 1 tasi shikastlanda ham ranglarni farqlay olish qobiliyatiga ega bo’ladi. Mana shuning uchun ham kamdan-kam holatda daltonik bo’lishadi. Taxminan 12 foiz ayollarning tur pardasi to’rt xil rang qutisi bo’ladi. Odatda, 88 foiz ayollarda 3 xili mavjud xolos. Ana shu 4 xil turi quti ularga super ko’z o’tkirligini beradi. Bu esa ularga 100 million xil rangni ajratish imkonini beradi. Boshqa odamlar, masalan, yigitlar esa atigi million xil rangni farqlay olishadi.
  • Ayollar muskullarida elastin ko’p va ular erkaklarga nisbatan egiluvchan bo’ladi. Ayniqsa, ularning umurtqa pog’onasi egiluvchan. Bu ayollarning homiladorlik davrida tana massasi ortganda yordam beradi. Shuningdek, bu ularga murakkab gimnastika mashqlarini bajarishda muhim ahamiyatga ega.
  • Ayollar erkaklarga nisbatan ko’p kipriq qoqishadi. Ayollar daqiqasi 19 marta, erkaklar esa 11 marta kiprik qoqishadi. Ularning yoshi ulg’aygan sari organizmda estragen garmonining ortishi sababli kiprik qoqishlari soni yanada ortadi.
  • Ayollarning miya hajmi 9 foizga kichik. Miyadagi hujayralar soni esa 2 sida ham bir xil, ammo ayollarda ular zichroq joylashgan.
  • Ayollarda immunitet nisbatan kuchli va u sekin kuchsizlanadi. Aynan shuning uchun o’rta hisobda ayollar erkaklarga nisbatan uzoqroq umr ko’radilar. Ayollar 70 yil, erkaklar 67 yil, ayrim joylarda ushbu farq 10 yoshni, yaqin hududlarda 2-3 yoshni tashkil qiladi. Aytgancha, arangutan va shimpanze urg’ochilarining umr ko’rishi, erkaklarga nisbatan ko’proq umr ko’rishadi.
  • Har bir ayol o’rtacha kuniga 515 xil kimyoviy moddalar bilan o’ziga oro beradi. Bular dezodorantlar, shampunlar, konditsionerlar, namlantiruvchi kremlar va boshqa shunga kosmetik vositalar. Ularning ko’pchiligi bezarar, ammo zaharli moddalardan saqlanish uchun baribir tarkibini sinchiklab o’rgangan ma’qul.
  • Ayollar hidni shunchalar yaxshi farqlay oladilarki, hatto suhbatdoshi stressda ekanligini oddiygina uning hidini hidlab ko’rish orqali bilib oladilar. Bu qobiliyat ularning miyadagi hid bilish sohasida nerv hujayralarining ko’pligidan bo’lishi mumkin.
  • Ayol organizmi hatto 20 yoshdan keyin, o’sib va o’zgarishda davom etadi. Yonoq, bo’yin va oyoqlarning pastki qismining teri ostidagi yog’ qatlami tananing yon va oyoqning yuqori qismiga yig’iladi. Buning ustiga miyaning qaror chiqarish va qisqa vaqtli xotira qismlarida ham o’zgarishlar sodir bo’ladi.
  • Ayol kishi suhbatdoshini eshita turib, miyasining ikkala yarim sharini ham faol ishlatadi. Ular e’tiborli tinglovchi bo’lib, aytilmagan jumlalarni ham eshita oladilar. Bularning barchasi yaratuvchanlikka javobgar bo’lgan miyaning o’ng yarim shari tufaylidir.
  • Ayollarning eshitish qobiliyati ham juda sezgirdir. Ular hatto uxlayotgan holatda ham. Bu evolyutsiya jarayoni va onalikning tarixiy o’rni bilan bog’liq. Ayollarni faqat yuqori tovushlar oson uyg’otishi mumkin.
  • Qizlarning tilida ta’m bilish hujayralari, yigitlarga nisbatan ko’p. ayollarning 35 foizi yuqori tatib ko’ruvchilar hisoblanishadi. Tillarning yuqori qismida 30 dan ortiq ta’m bilish retseptorlari joylashgan. Shakar shirinroq, natriy sho’rroq tuyuladi. Ularning achchiqqa toblari yo’q.
  • Ayollar rejalashtirilgan vazifalarni yaxshi eslab qoladilar, biroq bajarib bo’linganlarini tez unutadilar. Erkaklarda esa barchasi teskari. Shuningdek, qiz insonning yuzini yaxshi eslab qoladilar.
  • Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, qizil rangli kiyimdagi boshqa rangli qizlarni o’zlariga nisbatan yaqqol xavf sifatida qabul qilar ekan. Tadqiqotlarga ko’ra, boshqa rangdagi kiyimlarga ayollar hech qanday munosabat bildirishmagan. Qizil rangdagi libos esa ularda o’zgarishlarga sabab bo’lgan.
  • Ayollar erkaklarga nisbatan ko’proq og’riqqa bardosh berishlari mumkin. Shuningdek, ular og’riq haqida tez unutadilar va yoqimsiz tajriba kamroq eslab, tushkunlikka kamroq tushadilar.
  • Ayollarning yarmi shari o’zaro zichroq joylashgan. Ulardagi 2 yarim shar mantiq va yaratuvchanlik o’rtasida o’tkazuvchi yo’llar bir-biriga o’tib turadi. Erkaklarda esa bunday yo’llarning ko’p qismi yarim sharning ichida aylanadi. Shuning uchun ayollar muammolarga g’ayritabiiy yechim topadilar. Garchi, ular doim ham mantiqiy va to’g’ri bo’lmasa ham.
  • Ayollarning yuragi erkaklarnikiga nisbatan 25 foizga kichik. Unda arteriyalar ingichkaroq. Ayollar va erkaklar o’rtasida ushbu farqni tinglash maqsadida ayollarning yuragi daqiqasiga 78 marta, erkaklarniki esa 70 marta uradi.
  • Ayollarning ovqat hazm qilish uchun o’rtacha 47 soat, erkaklar uchun 33 soat kerak bo’ladi. Chunki ayollarning oshqozoni hajm bo’yicha erkaklarnikidan kichikroq va kamroq hazm suyuqligini ishlab chiqaradi. Bu esa hazm jarayonini 20 foizga sekinlashtiradi.
  • Ayollar o’rtacha 20 000 ming so’z so’zlaydi. Bu erkaklarga nisbatan 7000 mingta so’zga ko’p. Ayollar miyasida nutq ko’nikmasi va ijtimoiy ta’sirlikka javob beruvchi qismi ko’proq. Shuningdek, ayollarda til oqsili deb ataluvchi qism darajasi yuqori. Bu erkaklarga nisbatan ko’p va tez gapirishga majbur qiladi.
  • Ayollarning terisi erkaklarnikiga nisbatan 25 foizga nozik. Bu ularni teginishlariga nisbatan sezuvchan qilib, 45 yoshdan keyin ajinlarning ertaroq paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
  • Ayollar hayotida ulg’ayishni 2 marta o’z boshlaridan o’tkazadi. Birinchisi, o’smirlik paytida, ikkinchisi esa 40 yoshdan keyin. Ikkinchi martasida garmonlar aqldan ozadi. Shuning uchun ayollarda kayfiyat tez o’zgarib, o’zlarini o’smirlardek tutadilar.
  • Ayollar tug’ma fizionomika ko’nikmasi bilan tug’iladilar, ya’ni ularning boshqalarning mimika harakati va ohangiga qarab, yuz ifodasini osongina tahlil qiladilar. Shuning uchun ham ular kirishuvchan va tabiatan ijtimoiy lider hisoblanishadi.
  • Suratda ayollar yuz terisi tez qarisa ham, erkaklarga nisbatan yosh ko’rinadilar. Erkaklarning terilar qalin va ustara ta’sirida ko’p o’zgarishlarga uchraydi. Bu ajinlarni va qarishning boshqa ko’rinishlarini sezilarli ko’rsatadi.
  • Ayollar ilon, o’rgimchak va boshqa hasharotlardan qo’rqish hususiyati bilan tug’iladilar. Tadqiqotlarda ishtirok etgan, hatto 11 oylik qizchaga ham o’rgimchak suratiga qarash yoqimsiz bo’lgan.
  • Ayollarda 80 foiz ajinlarni paydo bo’lishi quyosh bilan bog’liq. Quyoshga qarshi vositalarni ishlatmaydigan ayollar yoshlariga nisbatan kattaroq ko’rinadilar. Ayniqsa, 50 yoshdan so’ng. aynan shu vaqtda teri shiddat bilan o’zgaradi.
  • Ayollar chidamlikka oid mashqlarni erkaklarga nisbatan 75 foiz ko’proq bajarishga qodirlar. Bunga sabab, ularning mushaklarida estragen garmonining ko’pligidir. Erkaklarda mushaklarning hajmi kattaroq va bo’ysinuvchan emas. Ular qisqaroq mashqlarga moslashgan.
  • Ayollar erkaklarga nisbatan 9 marta kam hichiqoq tutadi, ayniqsa, uzoq hichiqoqlar. Ularning kelib chiqish sababi aniq emas, ammo ayrim tadqiqotchilar gap erkaklarning garmonida deb hisoblaydilar.
  • Ayollar erkaklar nisbatan 2 marta kam terlaydilar va tez suvsizlanadilar.
  • Ayollar erkaklarga nisbatan tez noxush tushlar ko’radilar. Ularning tushlari hissiyotliroq bo’lib, ko’pincha o’tmishdagi hodisalardan xavotirlanishga sabab bo’ladi.
  • Odatda bo’yi 168 santimetrdan past bo’lgan ayollar, bo’yi balandroq bo’lgan ayollarga nisbatan belgilangan muddatdan bir hafta oldin ona bo’ladilar. Ularning chaqaloqlari ham kichik bo’ladi.
  • Ekvatorga yaqin yashovchi ayollarda qiz farzand ko’rish ehtimoli ko’proq. Shimolga qancha yaqin bo’lsa, o’g’il farzand ko’rish ehtimoli shuncha ko’p.
  • Insonning jinsini barmoq izidagi amino kislotalar darajasiga qarab bilib olish mumkin. Ayollar teri tarkibida ular erkaklar teri tarkibiga nisbatan 2 marta ko’proq.
  • O’rtacha olganda katta yoshli ayollar oyiga 2-5 marta yig’lashadi. Bu yiliga 30-50 martani tashkil etadi. Bu katta yoshli erkaklarga nisbatan 5 marta ko’p degani. Ayollarda ko’z yosh bezlari erkaklarnikiga nisbatan boshqacharoq tuzilgan. Biolog nuqtai nazardan ayollarga yig’lab olish osonroq. Ko’z yosh to’kishlariga yana bir sabab garmonlardir.
  • Ayollar oynaga kuniga o’rtacha 6 marta boqishadi. Erkaklarga nisbatan ancha kam. Ular turli sabablar bilan kuniga 23 marta oynaga qarashadi. Ayollar oynaga hammasi joyidaligini tekshirish uchun qarashadi va odatda kamchiligini aniqlashadi. Erkaklar esa oynaga qarab tana a’zolari bilan zavqlanib, g’urulanishadi.
  • Ayollarning ko’z qorachig’i erkaklarga nisbatan kengroq.