AFAZIYA

AFAZIYA (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va phasis — fikr) — gapira olmaslik, so’zlash qobiliyatining buzilishi. Afaziyaga bosh miya po’stloq qavatidagi so’zlash markazining o’zgarishi sabab bo’ladi. Motor (harakat) va sensor (sezish) xillari bor. Motor Afaziyada bemor gapirmoqchi bo’lganda so’zlarni topa olmasa, sensor Afaziyada bemorga qaratilgan so’zlar ma’nosini anglab yetmaydi, o’z nutqini nazorat qilolmaydi. Afaziya bosh miyaning og’ir kasalliklari, rivojlanuvchi falajlik va hokazolarda uchraydi.