Alligator timsohdan nimasi bilan farq qiladi?

Timsohlar suvda sudralib yuruvchilarga mansub va tashqaridan qaraganingizda kaltakesaklardan farq qilmaydi. Ularning guruhi yerda qadim zamonlardan buyon yashab keladi. Yerning butun tropik mintaqasida timsohlarning 24 turi hayot kechiradi. Ularning makoni — sekin oqar daryolar va quyosh taftida isiydigan suv havzalaridir. Timsoh tanasini ajratib turadigan xususiyatlar quyidagilardir: butun tanasi qalin, dag’al teri bilan qoplangan, yelkasi va boshi mustahkam suyak zirh bilan himoya qilingan. Tashqi ko’rinishining vahimaliligiga qaramay, timsoh kam harakatlanadi, faqat ovga chiqqan payti faollashadi. Timsohlarning hammasi tuxumdan ko’payadi. Urg’ochisi 20 tadan 100 tagacha tuxum qo’yib, ularni issiq qirg’oq bo’yidagi qumga ko’mib qo’yadi. Tuxumi va bolalari ko’p hayvonlar va yirtqich qushlarga yem bo’lgani uchun urg’ochisi qo’riqlaydi. Tuxumdan ochib chiqqan nasllari darrov suvga oshiqadi va mustaqil hayot kechirishga kirishadi. Timsohlarning eng kattasi bo’yi 10 metr keladiganlari hisoblanadi. Timsohlar orasida nisbatan kichiklari ham bor. Bunga Janubiy Amerika daryolarida yashaydigan shakarlar misol bo’la oladi. Ularning bo’yi uch metrdan oshmaydi. Shakarlar baliqlar va mollyuskalar bilan ovqatlanadi, ammo qushlarni ham tutishi mumkin. Alligator — bu timsohlar oilasiga mansub bo’lgan ulkan reptiliyadir. Alligatorlar timsohlarga o’xshasa-da, keng va yassi boshi, to’rt yarim metrdan oshmaydigan nisbatan kalta bo’yi, ancha kuchli jag’lari bilan ajralib turadi. Alligatorlarning ikki turi: AQShning janubi-g’arbida yashaydigan Amerika alligatori va undan kichik bo’lgan, Yantszi daryosida kun kechiradigan Xitoy alligatori mavjud. Alligatorning timsohlardan farq qilib turadigan yana bir jihati ikki jag’ining ham serharakatligidir. Alligatorlarning suyumli ovqati baliqlardir, ammo ular mayda sutemizuvchilarni ham yaxshigina dog’da qoldiradi. Alligatorlar ovga to’da bo’lib chiqadilar. Ba’zan ular daraxtlar ustiga chiqib olib, quyosh taftiga toblanadilar. Alligator yerda barcha timsohlar kabi o’zini ancha noo’ng’ay his etadi, suvda esa shovqin chiqarmay shiddat bilan suzadi. Alligator tutqun hayotga darrov ko’nikadi, shu bois uni hayvonot bog’larida tez-tez ko’rish mumkin.