Baliqlar eshita oladimi?

Baliq oviga chiqqaningizda, baliqlarni qo’rqitmaslik uchun anhor yoqalab oyoq uchida yurishingizga to’g’ri kelganmi? Agar baliq sizning ovozingizni eshitib qolsa, tezda boshqa xavfsizroq joyga suzib ketadi, chunki baliqlarning ham eshitadigan qulog’i bor. Lekin baliqlarning qulog’i biz ko’nikkandek, tashqarida emas, ichkaridadir. Odamlar biz hayotiy muhim deb hisoblaydigan funksiyalarning ayrimlari baliqlarda yo’q, deb o’ylaydilar. Balki bu fikr tug’ilishiga baliqlarning sovuq qonli ekani sabab bo’lgandir. Balki bu fikr bizga baliq ovlash yoqqani va ularning nima yuz berayotganini tushunmaydi, deb o’ylashimizdan tug’ilgandir. Ne ajabki, baliqlarning boshqa hayvonlar qatori asab sistemasi bor. Maboda biz ularga xavf tug’dirsak, ular buni darrov fahm etadilar, bordiyu og’riq yetkazsak, ular bu og’riqni his etadilar. Baliqlarning sezgi va hid bilish a’zosi juda taraqqiy etgan. Ular buni terisi orqali, burun teshiklari uchida joylashgan ikkita kichkina sezgi a’zolari bilan his etadilar. Baliqlarning sovuq qonlilarga mansub bo’lishi, bu — ularning o’z harakatini «yonilg’i»siz ham ta’minlay oladi, degan ma’noni anglatmaydi. Tabiiyki, ovqat uning uchun «yonilg’idir». U baliq qornida o’z-o’zidan yonib ketadi va uni hayotiy kuch bilan ta’minlaydi. Qon nafaqat bu kuchni, balki uning «yonishiga» yordam beradigan kislorodni ham baliqning barcha ichki a’zolariga tarhatadi. Baliqning ham odamlarniki singari yuragi bor va u organizmni qon bilan ta’minlab turadi. Albatta, baliqlar turli sharoitlarda yashaydilar va ko’p jihatdan bir-biridan farqlanadilar. Masalan, bir tur baliqning nafas olish uchun ham oyqulog’i bor, ham o’pkasi! G’orlarda yashaydigan ba’zi bir baliqlarning ko’zi ko’r bo’ladi, shu sababli ularning boshida mo’ylovchasi bor. Ayrimlari dengizda yashasa, boshqalari chuchuk suvda yashaydi. Baliqlarning faqat okeanlar tubida hayot kechiradigan turlari ham mavjud.